🤝 SpeechLab Hamkorlik dasturi

AI mahsulotni soting,
o'z biznesingizni quring

SpeechLab hamkori bo'ling — tayyor AI Voice platformasini o'z mijozlaringizga sotib, 35% dan 50% gacha komissiya oling. Investitsiya, ishlab chiqarish yoki qo'llab-quvvatlash tashvishisiz.

Nega SpeechLab hamkori?

Hamkorlarimiz uchun biz eng qulay shartlarni yaratdik.

Obunada 35% dan 50% gacha skidka

Mijoz obuna (podpiska) to'lovini to'lqaganda — siz platformaga skidka bilan to'laysiz. Farqi sizning daromadingiz. Mijozlardan sotuv 10 mln so'mdan oshsa skidka 50% ga oshadi.

Xizmat puli — 100% sizniki

Mijozga SpeechLabni joriy qilib, sozlab berasiz. Bu xizmat uchun mijoz bilan qancha kelishsangiz — o'sha pul to'liq sizniki. Biz bilan hamkorlik faqat obuna to'lovida.

Tayyor AI mahsulot

SpeechLab — qo'ng'iroqlarni avtomatik tahlil qiluvchi AI platforma. Siz sotasiz, biz ishlab chiqamiz va qo'llab-quvvatlaymiz.

Akademiya + sertifikat

O'quv modullari orqali hamkorlik biznesini o'rganasiz va rasmiy hamkor sertifikatini olasiz.

Mijozlarni boshqarish

Shaxsiy kabinetda mijozlar akkauntini ochasiz, holatini kuzatasiz va hisob chiqarasiz.

Doimiy (residual) daromad

Mijozlar obunani uzaytirgan sari siz muntazam daromad olib turasiz.

Daromad modeli

Mijozga sozlash/joriy qilish xizmati uchun olgan pulingiz — 100% sizniki. Biz bilan hamkorlik faqat mijozning oylik obuna (podpiska) to'lovida: undan 35–50% skidka olasiz.

35%
Obuna to'lovidan skidka (boshlang'ich)
50%
Obuna to'lovidan — sotuv 10 mln so'mdan oshgach
100%
Sozlash/xizmat haqi — mijoz bilan kelishuv bo'yicha to'liq sizniki

Qanday boshlash mumkin?

1. Ariza qoldiring

Quyidagi formani to'ldiring.

2. Biz bog'lanamiz

Mutaxassisimiz siz bilan bog'lanib, shartlarni tushuntiradi.

3. Kabinet ochamiz

Sizga shaxsiy hamkorlik kabineti va ID beriladi.

4. Soting va daromad oling

Mijoz olib keling, obunani soting, komissiya oling.

Hamkorlikka ariza

Ma'lumotlaringizni qoldiring — biz siz bilan bog'lanamiz.

Allaqachon hamkormisiz? Kabinetga kirish